Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida turli qingʻir rejalar asosida yuk hujjatlarida notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish orqali yirik miqdordagi tovarlarning noqonuniy kirib kelish holatiga chek qoʻyishdi.
Xorijdan bojxona postiga 2 ta yuk konteynerida ogʻirligi 52 tonnadan ziyod yuk hujjatlariga koʻra “payvandlash elektrodlari” deya koʻrsatilgan tovarlar “sariq” yoʻlak asosida rasmiylashtirilib, bojxona omboriga joylashtiriladi.
Ammo keyingi tekshiruvlar natijasida ushbu tovarlar orasida bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan qiymati 1 mlrd 387 mln. soʻmlik 33,4 tonna burama mixlar borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur tovarlarga 475,8 mln.soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
14.09.2021