Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Mersedes Benz”ni boʻlaklab olib oʻtish rejasi chippakka chiqdi
1383
Turli nayranglarni qoʻllagan holda bojxona nazoratini chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
“Mersedes Benz”ni boʻlaklab olib oʻtish rejasi chippakka chiqdi

Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va oʻz xavfsizlik boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi qingʻirlik fosh etildi.
Xususan, avtomobil ehtiyot qismlari importi bilan shugʻullanuvchi shaxs tomonidan xorijdan olib kelingan 14 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga taqdim etilgan yuk kuzatuv hujjatlari va bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, umumiy qiymati 237 million soʻmlik 1 dona “Mersedes Bens W211” rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda “avtomobil kuzovi” deb notoʻgʻri koʻrsatilganligi, shuningdek, 15 turdagi jami 99 dona avtomobil ehtiyot qismlari hujjatlarda umuman koʻrsatilmaganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing