Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Neksiya-3”dagi giyohvandlik vositalari fosh etildi
943
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari viloyat Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida navbatdagi tezkor tadbirni oʻtkazishdi.
“Neksiya-3”dagi giyohvandlik vositalari fosh etildi

Tadbir davomida, fuqaro B.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotrasport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina old oʻrindigʻi ustida, roʻmolchaga oʻralgan, 15 dona gugurt qutilariga solingan, oʻramlari bilan ogʻirligi 107,24 gramm boʻlgan oʻtkir hidli, yashil rangli “Marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro B.S. oʻz xohishi bilan yashash xonadonidan qizil rangli karton idishiga solingan, oʻramlari bilan ogʻirligi 113,83 gramm boʻlgan oʻtkir hidli, yashil rangli “Marixuana” giyohvand moddasini tadbir ishtirokchilariga taqdim qildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing