Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Qurol va oʻq dorilarni yashirincha olib oʻtish holati fosh etildi
967
Bojxonachilar tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda oʻqotar pnevmatik toʻpponcha va oʻq dorilarni mamlakatimiz hududiga olib kirishga uringan shaxs toʻxtatib qolindi.
Qurol va oʻq dorilarni yashirincha olib oʻtish holati fosh etildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro X.A boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtotransport vositasiga ortilgan yuklar postdagi rentgen qurilmasi orqali bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, hujjatlarda koʻrsatilmagan va ruxsat beruvchi tusdagi maxsus hujjatlarga ega boʻlmagan “A-101 45mm BB CAL” nomli pnevmatik toʻpponcha hamda 188 dona oʻq dorilarni bojxona nazoratidan yashirin tarzda respublikamiz hududiga olib kirishga uringanligi fosh boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing