Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Korrupsiya - nurli kelajakka toʻsiqdir
3905
Korrupsiyaning salbiy illatlari avvalo uning demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazishida namoyon boʻladi. Korrupsiya oqibatida inson xuquq va erkinliklari qoʻpol ravishda buziladi, qonunlarga hurmat ruhi pasayadi, iqtisodiy rivojlanish izdan chiqadi, eng daxshatlisi davlat va jamiyat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik keng yoyilishiga sharoit yaratiladi. Har bir davlat korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida alohida olingan korrupsionerga emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon boʻladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Namangan viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan ham jamiyatda korrupsiyaning oldini olish borasida tadbirkorlar, aholi, keng jamoatchilik vakillari va shaxsiy tarkib bilan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilib, tadbir doirasida ishtirokchilarga mazkur illatning salbiy oqibatlari tushuntirilib, mavzuga oid normativ huquqiy hujjatlar aks ettirilgan buklet va flayerlar tarqatishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qolaversa, oʻquv maskanlari, mahalla, korxona va tashkilotlarda keng jamoatchilik oʻrtasida oʻtkazilayotgan anonim soʻrovnomalar ham korrupsiyaning oldini olishda muhim omil boʻlishi shubhasiz.
Bundan tashqari, boshqarma tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mavzuga oid videolavhalar va materiallar muntazam yoritib borilmoqda.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash lozimki, ushbu salbiy illatning oldini olish va unga qarshi kurashda Namangan viloyati bojxona boshqarmasining (69) 234-33-01 raqamli ishonch telefonlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yaʼni, sohaga oid biror bir taklif va mulohazalar yuzaga kelganda fuqarolar mazkur raqamlarga bogʻlanishlari mumkin.
Xulosa oʻrnida aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashish, bu borada jamoatchilik nazoratini mustahkamlash hamda aholining huquqiy bilimi va madaniyatini yuksaltirish bugun eng asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Sababi, xalqimiz adolat qaror topgan jamiyatda yashasagina davlat organlariga nisbatan ishonchi ortadi, qolaversa, mamlakatimizning iqtisodiy oʻsishi yanada ijobiy tomonga yuksalaveradi. Bu yoʻlda esa nafaqat tegishli davlat organlari, balki har bir fuqaro oʻz hissasini qoʻshishi zarur.

13.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing