Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar davom etmoqda
901
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashib, mavjud muammolarni oʻrganish, ularga bojxona sohasidagi soʻnggi meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida joylarga chiqib, uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar davom etmoqda

Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan ishchi guruh Navbahor tumanida joylashgan, 2020-2021-yillarda tashkil etilgan “MADINABONU ORZUSI”, “SARVARBEK SANJAR XONDAMIR”, MCHJlar faoliyati yaqindan oʻrganildi.
Chorvachilik firmasi bilan tanishish jarayonida korxona rahbari O.Barotov 2020-2021-yillarda qiymati 400 ming AQSH dollariga teng boʻlgan zotli qoramol va quylarni import qilib, aholini sut va gusht mahsulotlari bilan hamda kam foizli narxlarda zotli qoramollar bilan taʼminlashni vazifa qilib qoʻyganligini taʼkidladi. Yangi ish oʻrinlari ochilayotganligi, ishchilar uchun barcha sharoitlar toʻliq taminlanganligini aytib oʻtdi.
Shuningdek, bojxona xodimlari tomonidan bojxona sohasida soʻnggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan ham tadbirkorlarga oid huquqiy maslahatlar berildi.
Ushbu sayyor tadbirlar bevosita tadbirkorlik firmasining ham davlatga, ham bojxona organlariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

13.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing