Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Murojaatlar doimo eʼtiborda
1003
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga kelib tushayotgan murojaatlar oʻz vaqtida roʻyxatga olinib, qonunchilik talablari asosida ijrosi taʼminlanib kelinmoqda.

Qonunchilik talablaridan kelib chiqib, murojaatlarda tez-tez koʻtarilgan masalalar boʻyicha har oy yakunida tahlil qilinib, boshqarma rahbariyatiga maʼlumot kiritib borilmoqda va koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Xususan, 2021-yil yanvar-avgust oylari davomida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 70 ta murojaatlar, shu jumladan 40 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan (PM.gov.uz), 10 tasi Bosh vazirning virtual qabulxonasidan (business.gov.uz), 3 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, 12 ta yozma, 3 ta DBQ “ishonch telefoni” orqali va 2 ta ogʻzaki murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarning turlari (ariza, shikoyat, taklif) boʻyicha tahlil qilinganda 8 ta shikoyat va 62 ta arizalardan iborat.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va uning sohaviy boʻlimlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonuniy hal etilganlik holatlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.
Ushbu murojaatlar boʻyicha murojaat qiluvchilar bilan shaxsan uchrashib, shuningdek, pandemiya sharoitida karantin qoidalariga rioya qilgan holda tegishli tushuntirishlar berilib, belgilangan tartibda javob xatlari yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini soʻzsiz bajarish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy ravishda tahlil qilinib, qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqilishi kunlik nazoratga olingan.
Tahlillardan koʻrinib turibdiki, kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi, 24 tasi yoki 34,2 foizi tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona toʻlovlaridan imtiyoz qoʻllash soʻrab yoʻllangan murojaatlardir.
Shundan kelib chiqib, bojxona sohasida tartibga soluvchi qonun hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, yangi qabul qilinayotgan Qaror va farmon talablarini fuqarolar va tadbirkorga tushuntirish-targʻibot ishlarini kuchaytirilib, bojxona sohasiga doir murojaatlar yuzasidan istalgan vaqtda Davlat bojxona qoʻmitasining qisqa 11-08 hamda viloyat bojxona boshqarmasining (76) 225 24-51 raqamli ishonch telefolariga murojaat qilish mumkinligini eslatib oʻtamiz.

11.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing