Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.R. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, umumiy qiymati salkam 102 mln. soʻmlik, 127 dona “Rakovina” tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tekshiruv davomida, yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan va koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati 64 mln. soʻmlik avtotransport vositalari ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
10.09.2021