Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Korrupsiyani oldini olishda oiladagi tarbiya va ijobiy muhitning munosib oʻrni bor
1056
Maʼlumki, bugungi kunda korrupsiya xalqaro muammoga aylanib ulgurgan va bu masalaga juda jiddiy eʼtibor qaratilyapti.
Korrupsiyani oldini olishda oiladagi tarbiya va ijobiy muhitning munosib oʻrni bor

Ayniqsa, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim vazifalardan biri etib belgilab qoʻyildi.
Ushbu illatga qarshi kurashish barcha sohalar qatori bojxonada ham juda muhim vazifa etib belgilangan. Aniqrogʻi, halollik, mehnatsevarlik, oʻz kasbiga sadoqat har bir bojxona xodimining kundalik faoliyatiga aylanishi lozim.
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasida tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ota-onalari va ularning yaqinlari bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi Sh.Salixov va tegishli boʻlim vakillari soʻzga chiqib, korrupsiya hamda uning salbiy jihatlari, bojxona organlarida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik, unga qarshi munosib kurashish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar haqida tadbir ishtirokchilariga maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, bojxona xodimlarining shaxsiy xavfsizligini taʼminlash, ular tomonidan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga nafaqat tegishli soha vakillari balki, ularning ota-onalari, oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari ham bevosita masʼul ekanliklari alohida taʼkidlandi.
Tadbir davomida korrupsiya holati va uning salbiy oqibatlari aks ettirilgan videorolik yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

10.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing