Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona nazoratidan yashirilgan tovarlar fosh boʻldi
912
“Yashirin iqtisodiyot”ning asosiy omillaridan biri tovarlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishi, ayirboshlanishi va bojxona hududida harakatlanishidir.
Bojxona nazoratidan yashirilgan tovarlar fosh boʻldi

Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi hamda “Buxoro” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan yurtimizdagi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan yuklar bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, yuklar orasida bojxona yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan umumiy qiymati 102 million soʻmlik 1440 dona turli xildagi qurilish va xoʻjalikda ishlatiladigan tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda, “Olot” chega bojxona postiga qoʻshni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Tekshiruv davomida yuk-kuzatuv hujjatlari koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, jami 110 dona umumiy qiymati 90 million soʻmlik santexnika tovarlari borligi aniqlandi
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

10.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing