Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Tahlil, sarhisob va natija
1293
Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan xorijdan import qilingan tovarlarga qonunchilikda belgilangan stavkalar asosida jami 3 349,13 mlrd. soʻm bojxona toʻlovlari hisoblangan boʻlsa, shundan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 148,90 mlrd. soʻm yoki hisoblangan bojxona toʻlovlarining 48,9 foizi miqdorida imtiyozlar qoʻllanildi.
Tahlil, sarhisob va natija

Shuningdek, viloyat hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlarga oʻtgan davr mobaynida jami 53 ta holatda 238,7 mlrd. soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat berildi.
Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi oʻtgan davr davomida 1 051,11 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Quvonarlisi shundaki, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga taʼsiriga qaramay, viloyatning eksport koʻrsatkichlari tobora oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin.
Xususan, 2020-yilning shu davrida 170,76 mln. dollar qiymatidagi tovarlar xorij bozoriga yoʻl olgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 86,57 mln. dollarga yoki 50,7 foizga koʻpayib, 257,33 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Eksport qilingan tovarlar asosan:
- toʻqimachilik mahsulotlari – 66,7 mln. dollar yoki 25,9 foiz;
- meva-sabzavot mahsulotlari – 59,7 mln. dollar yoki 23,2 foiz;
- kalava ip – 26,5 mln. dollar yoki 10,3 foiz;
- transport va uning ehtiyot qismlari – 22,1 mln. dollar yoki 8,6 foiz;
- oziq-ovqat mahsulotlari – 18,2 mln. dollar yoki 7,1 foiz;
- metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 16,7 mln. dollar yoki 6,5 foiz;
- hayvonlar uchun ozuqalar (maydalanmagan dondan tashqari) – 13,5 mln. dollar yoki 5,2 foiz;
- boshqa tovarlar – 33,9 mln. dollar yoki 13,2 foizni tashkil etadi.
Ushbu davrda jami 33 705 ta elektron shaklda bojxona yuk deklaratsiyasi (BYUD) rasmiylashtirilgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 102 taga yoki 32,2 foizga koʻp BYUD rasmiylashtirilgan.
Viloyatda roʻyxatdan oʻtgan 255 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy qiymati 37,9 mln. AQSH dollarlik asbob-uskunalar olib kirilib, “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan va bojxona toʻlovlaridan 66,5 mlrd. soʻm imtiyozlar qoʻllanilgan.
Natijada bugungi kunda 167 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy qiymati 20,3 mln. dollarlik asbob-uskunalar toʻliq ishga tushirilib, 507 ta ish oʻrinlari yaratilgan.
Xavfni boshqarish tizimi orqali jami 33 810 ta bojxona yuk deklaratsiyalari tegishli “yashil”, “sariq”, “qizil” yoʻlaklarga taqsimlanib, qisqa vaqt mobaynida rasmiylashtirilishiga erishilgan.
Shuningdek, viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan jami 486 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ular boʻyicha 11 mlrd. 349,5 mln. soʻmlik tovarlar ushlab qolingan, ularga 25 mlrd. 387 mln. soʻm bojxona toʻlovlari hisoblangan.
Kontrabandaga qarshi kurashish borasida 80 ta holatda 2238,72 gr. geroin, 6881,22 gr. opiy, 8057,95 gr. gashish, 1401,52 gr. marixuana, 92 tup kannabis oʻsimligi, 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi tabletkalar aniqlangan.
Shuningdek, 6576 kg. rangli metall va qora metall mahsulotlari, 6 mln. 490 ming soʻmlik paxta yogʻi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan moyjuvoz,
4 ta ov quroli yasash uchun moslamalar hamda 75 dona gilza, 124 mln. 976 ming soʻmlik biologik aktiv qoʻshimchalar, 3,050 mln. soʻmlik 500 litr dizel yoqilgʻisi, 2142 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuvining oldi olingan.
Murojaatlar yoʻnalishiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, oʻtgan davr davomida viloyat bojxona boshqarmasiga jismoniy shaxslardan 31 ta hamda yuridik shaxslardan 24 ta yozma murojaatlar kelib tushgan boʻlib, tegishli tartibda koʻrib chiqilgan.
Shu oʻrinda eslatib oʻtamiz, agar sizda sohaga oid murojaatlar mavjud boʻlsa, Davlat bojxona qoʻmitasining 11-08 hamda viloyat bojxona boshqarmasining (66) 233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

9.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing