Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
922
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga  chek qoʻyildi

Xususan, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi tezkor xodimlari Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishdi.
Xorijiy aviareys bilan yurtimizga uchib kelgan fuqaro S.Sh.ning yuklari oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, ushbu shaxs yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra umumiy qiymati 118 mln. soʻmlik 1679 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Ushbu aviareys bilan uchib kelgan yana bir fuqaro X.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar etiborini tortdi va ushbu shaxsning yuklari oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 420 mln. soʻmlik 3004 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yashirincha olib oʻtayotgani fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

7.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing