Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxonachilar “Bilimlar kuni”da ishtirok etishdi
1000
Mamlakatimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yangi oʻquv yili anʼanaviy shaklda boshlandi.
Bojxonachilar “Bilimlar kuni”da ishtirok etishdi

Ushbu maktablarda “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan boʻlib, endigina maktab ostonasiga qadam qoʻygan, tengdoshlari bilan boʻy oʻlchab safga tizilgan jajji oʻgʻil-qizlar uchun oʻzgacha bayram, oʻzgacha shodiyona.
Sirdaryo tumani “Istiqbol” MFY hududidagi 16–umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Sh.Xayrullayev ishtirok etib, bilimga chanqoq oʻquvchilar, ustozlar, mahalla faollari va ota-onalarni jonajon Vatanimiz mustaqilligimizning 30 yillik bayrami hamda yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan qizgʻin qutladi. Keyingi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taʼlim-tarbiyadagi islohotlarga katta eʼtibor berilayotganganligini, oʻqitishni sifat va mazmun jihatdan yanada yaxshilash, bolalarga puxta va mukammal bilim berish, ularni milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga qaratilganini alohida taʼkidladi.
Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari tomonidan birinchi sinfga qadam qoʻygan oʻquvchilarga 12 turdagi oʻquv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat “Prezident sovgʻalari” topshirildi.
Tadbirda bojxonachilar tomonidan oʻquvchilarga sovgʻa-salomlar ulashilib, maktab kutubxonasini boyitish va oʻquvchilarning bilim saviyasini yanada oshirish maqsadida kitoblar topshirildi.
Shuningdek, viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan oʻquvchilarga “Mustaqillik soati” darsi oʻtkazilib, kelajak sari intilayotgan bu yoshlarga Vatanni sevish, uning tinchligini asrab-avaylash, taraqqiyotiga hissa qoʻshish har bir farzandning burchiga aylanishi, asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yoʻlida oʻquvchilar kuchli bilimga ega boʻlishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida taʼkidlandi. Viloyatda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ulugʻvor ishlar, erishilgan yutuq va marralar haqida hayotiy misollar vositasida soʻzlab berildi.
Assalomu alaykum, aziz jonajon maktab,
Mehri quyoshdek porloq, mushfiq, onajon maktab!
Sen bizlarning eng qutlugʻ muborak dargohimiz,
Bizlar seni sogʻindik, gʻoyat, qadrdon maktab!
Tadbir davomida yoshlar kelajak bunyodkori sifatida mutaqilligimizni mustahkamlash, yurtimizni yanada taraqqiy etishida hal qiluvchi kuch ekanligi bot-bot tilga olindi.

6.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing