Mazkur uchrashuv bojxona sohasiga oid qonunbuzilish holatlarini tahliliy oʻrganib chiqish va ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish hamda bojxona organlari bilan vujudga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni muqobil hal etish mavzusida boʻlib oʻtib, tadbirda bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda berilayotgan keng imkoniyatlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, uchrashuvda mavzu yuzasidan boshqarmaning masʼul xodimlari tomonidan qilingan maʼruzada 2020-2021-yillarda aniqlangan Bojxona sohasiga oid qonunbuzilish holatlariga toʻxtalib oʻtildi, bu yoʻnalishda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga kelayotgan nizoli holatlarni muqobil hal etishga alohida eʼtibor qaratildi hamda tadbirkorlarga asoslangan huquqiy maslahatlar berildi.
Uchrashuvdan soʻng, ishtirokchilar korxonaning tikuv sexida trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Xorijdan keltirilgan zamonaviy dastgohlarni mohirlik bilan ishlatayotgan yoshlar bilan yaqindan suhbatlashishdi. Suhbat davomida korxona ishchilari mamlakatimizda tadbirkorlarga berilayotgan katta eʼtibor natijasida yangi ish oʻrinlari yaratilayotganligini mamnuniyat bilan aytib oʻtishdi.
Ushbu uchrashuvda bojxona xodimlari tadbirkorlarning kelgusidagi faoliyatida eksport salohiyatini oshirish boʻyicha tuzgan rejalarini amalga oshirishlarida yaqindan amaliy yordam koʻrsatishlari boʻyicha kelishib olindi.
Akram Toʻrayev
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi
Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot
boʻlimi boshligʻi
5.08.2021