Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Andijonda 70 million soʻmlik dori vositalari yashirilgan “Neksiya” manzilga yetib bormadi
1341
Dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Andijonda 70 million soʻmlik dori vositalari yashirilgan “Neksiya” manzilga yetib bormadi

 

Андижонда 70 миллион сўмлик дори воситалари яширилган
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida fuqaro M.A. boshqaruvidagi “NEXIA-3” rusumli avtotransport vositasini belgilangan tartibda koʻzdan kechirishdi.
Natijada, avtotransport vositasi yukxonasida sifati kafolatlanmagan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 70 million soʻmlik 930 quti dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

4.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing