Tadbirkorlarga yangi ishlab chiqarish yoʻnalishlari boʻyicha xorijdan olib kelinadigan texnologik asbob uskunalar va ishlab chiqarish vositalariga bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar turlari kengaytirilib, yangi turlari qoʻshilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2021-yilning I yarim yilligida 731,6 mlrd. soʻmlik yoki oʻtgan yilga nisbatan 261,5 mlrd. soʻmga, yaʼni 55,6 foizga koʻp boʻlgan bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga oʻtkazildi.
Shuningdek, TIF qatnashchilarining moliyaviy ahvolini inobatga olib, 23 ta holatda 16,2 mlrd. soʻmlik bojxona toʻlovlarinig toʻlash muddatlari 120 kungacha kechiktirib berildi.
2021-yilning yanvar-iyun oylari yakuni boʻyicha tovarlar tashqi savdosi jami 561,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 7,6 foiz yoki 39,5 mln. AQSH dollariga koʻpaydi.
Eksport asosan, kalava ip, oziq-ovqat mahsulotlari, tosh, gips va sementdan yasalgan buyumlar, tabiiy qazilmalar, mineral oʻgʻitlar xisobiga koʻpaygan. Mazkur tovarlar Rossiya, Afgʻoniston, Pokiston, Turkiya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Belarus, Tojikiston va oʻnlab Yevropa davlatlariga eksport qilingan.
Ushbu davrda viloyatda faoliyat yuritayotgan 241 nafar TIF qatnashchilariga chetdan olib kelingan tovarlar uchun qonunchilik talablari asosida 697,7 mlrd. soʻmlik imtiyozlar berildi.
Xavfni boshqarish tizimi tomonidan rasmiylashtiruv vaqtida berilgan 393 ta xavf signali boʻyicha qoʻshimcha 4,2 mlrd. soʻmlik bojxona toʻlovlari undirib olindi.
Shuningdek, boshqarma tomonidan 2021-yilning yanvar-iyun oyida “Yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurash yoʻnalishida 366 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, ular boʻyicha 4,4 mlrd. soʻmlik tovarlar ushlab qolindi. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha 13,5 mlrd. soʻm qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.
Mahalliy kengash deputatlari eʼtiboriga 2021-yilning oʻtgan davrida eksport qilingan 23,3 mln. AQSH dollarilik ip-kalava mahsulotlari yarim tayyor mahsulot – mato yoki tayyor mahsulot – kiyim-kechak holida eksportga chiqarilganda, qoʻshimcha qiymat zanjiri orqali bu raqamlar 50-60 mln. AQSH dollariga oshirish imkoniyati mavjudligi koʻrsatib berildi.
3.08.2021