Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Murojaatlar doimo eʼtiborda
1075
Bugungi kunda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga kelib tushayotgan murojaatlar oʻz vaqtida roʻyxatga olinib, qonunchilik talablari asosida ijrosi taʼminlanib kelinmoqda.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga kelib tushayotgan murojaatlar oʻz vaqtida roʻyxatga olinib, qonunchilik talablari asosida ijrosi taʼminlanib kelinmoqda.
Qonunchilik talablaridan kelib chiqib, murojaatlarda tez-tez koʻtarilgan masalalar har oy yakunida tahlil qilinib, boshqarma rahbariyatiga maʼlumot kiritib borilmoqda va koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Xususan, 2021-yil yanvar-iyul oylari davomida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 65 ta murojaatlar, shu jumladan 39 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan (PM.gov.uz), 7 tasi Bosh vazirning virtual qabulxonasidan (business.gov.uz), 3 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, 3 tasi ishonch telefoni orqali, 12 ta yozma va 1 ta ogʻzaki murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning 36 tasi boʻyicha qonuniy tushuntirishlar berilgan. Ulardan 19 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan, 2 tasi koʻrib chiqilmoqda hamda 5 ta murojaatni koʻrib chiqish tugatilgan.

Murojaatlarning turlari boʻyicha tahlil qilinganda 58 ta arizalar kelib tushgan.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va uning sohaviy boʻlimlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonuniy hal etilganlik holatlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini soʻzsiz bajarish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy ravishda tahlil qilinib, qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqilishi kunlik nazoratga olingan.

Tahlillardan koʻrinib turibdiki, kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi, yaʼni 22 tasi yoki 33,8 foizi tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona toʻlovlaridan imtiyoz qoʻllash soʻrab yoʻllangan murojaatlardir.

Hususan, “Termiz Tezkor Qurilish” ixtisoslashtirilgan taʼmirlash qurilish tashkiloti tomonidan qilingan murojaat Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ijobiy hal etildi. “Termiz Tezkor Qurilish” ixtisoslashtirilgan taʼmirlash qurilish tashkilotiga chetdan olib kelingan qurilish texnikalari uchun 2,9 mlrd soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini 4 oygacha kechiktirib toʻlash imkoniyati berildi.

Shuningdek, “Afrosiyob Parranda” MCHJ tomonidan qilingan murojaat ham ijobiy hal etilib, “Afrosiyob Parranda” MCHJga parrandachilik uchun ozuqa sifatida foydalaniladigan “Kungaboqar shroti”, “Bugʻdoy” va “Makkajoʻxori” tovarlari uchun 1,5 mlrd. soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini 6 oygacha kechiktirib toʻlash imkoniyati berildi.

Murojaatlar boʻyicha murojaat qiluvchilar bilan shaxsan uchrashib, shuningdek, pandemiya sharoitida karantin qoidalariga rioya qilgan holda tegishli tushuntirishlar berilgan va belgilangan tartibda javob xatlari yuborilgan.

Shundan kelib chiqib, bojxona sohasida tartibga soluvchi qonun xujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, yangi qabul qilinayotgan Qaror va farmon talablarini fuqarolar va tadbirkorga tushuntirish-targʻibot ishlarini kuchaytirilib, bojxona sohasiga doir murojaatlar yuzasidan istalgan vaqtda Davlat bojxona qoʻmitasining qisqa 11-08 hamda viloyat bojxona boshqarmasining (76) 225 24-51 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkinligi eslatib oʻtilmoqda.

4.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing