Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Qonun ustuvorligini taʼminlashda ochiqlik va oshkoralik muhimdir
819
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishini oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

Қонун устуворлигини таъминлашда очиқлик ва ошкоралик муҳимдир

Maʼlumki, bojxonaga doir aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha yuritilgan hujjatlar tegishli tartibda sud idoralari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Xususan, kuni kecha Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Koʻkyor MFY hududidagi Madaniyat markazida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka karshi kurashish hamda sodir etilgan qonunbuzarlik holatlari uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash, kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida sayyor sud tashkil etildi.

Ushbu sayyor sudda Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tuman sudi tomonidan Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi ish yurituvidagi maʼmuriy ish materiallari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245-moddasi tartibida koʻrib chiqildi.

Ayni shu kuni viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 22721-moddasi va 22723-moddasi bilan yuritilgan jami 7 ta maʼmuriy ish hujjatlari yuzasidan OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida sud majlisi boʻlib oʻtdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tuman sudi qaroriga koʻra, mazkur maʼmuriy ish hujjatlari yuzasidan huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olingan umumiy qiymati 75 million soʻmlik tovar-moddiy boyliklari davlat egaligiga oʻtkazildi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan yuritilgan 2 ta maʼmuriy ish hujjatlari boʻyicha yetkazilgan zararni qoplaganligi va tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtganligi sababli, ish yuritish tugatildi hamda 92 million soʻmlik tovar moddiy boyliklari oʻz egalariga qaytarilishi toʻgʻrisida qaror chiqarildi.

Shu bilan birga, ikkita bojxona huquqbuzarlik holatlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishini bartaraf etish boʻyicha ularga muddat berildi.

 

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati

 

4.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing