Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro A.Z. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Yangihayot tumani hududida belgilangan tartibda toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonidan 1 dona elektron tarozi, 3 dona kapsulada “Regapen” dori vositasi kapsulalari, bir boʻlakdan iborat toʻq jigarrangli, oʻtkir xidli 0,32 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi hamda 500 dona “Tropikamid 10 ml” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
4.08.2021