Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Jizzax” TIF bojxona postida tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
922
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, bu yoʻlda turli byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Buning uchun esa eng avvalo tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bilan birga kerakli maslahatlar berib borish juda muhim.

Ayni shu maqsadda “Jizzax” TIF bojxona postida tashkil etilgan uchrashuvda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari, bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassislari va post xodimlari ishtirok etishdi.

Unda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Sh.Salixov soʻzga chiqib, bugungi kunda amaldagi qonunchilik normalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ularning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar hamda qulayliklar borasida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xodimlar oʻz xizmat vazifalariga halol, pok, vijdonan yondashishi, qonunlarda belgilangan majburiyatlarga qatʼiy rioya qilishi lozimligi va tadbirkorlik faoliyatida bojxona sohasiga oid biror bir muammo yuzaga kelmasligi yana bir bor eslatib oʻtildi.

Aytish kerak, bu kabi targʻibot tadbirlari boshqarma rahbariyati va tegishli boʻlim boshliqlari ishtirokida muntazam oʻtkazib turilishi rejalashtirilgan.

3.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing