Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro K.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi.
Natijada, oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilgan bojxona koʻrigi davomida, ushbu shaxsning yuklari orasidan 52,9 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Tekshiruv davom ettirilib, fuqaro K.N. shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, uning tana aʼzolarida ham 21,5 gramm zargarlik buyumlari yashirilganligi maʼlum boʻldi.
Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida 74,4 gramm boʻlgan umumiy qiymati 29,8 million soʻmlik zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
2.08.2021