Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Noyob soʻzanalarni olib chiqishga boʻlgan urinish naf bermadi
859
Amaldagi tartiblarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 131-son qarorida ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilmasligi belgilab oʻtilgan.

Chegara bojxona postlarida xizmat olib borayotgan bojxonachilar madaniy boyliklarni yurtimizdan noqonuniy yoʻllar bilan olib chiqib ketilishiga qarshi urinishlarga oʻz vaqtida chek qoʻyishmoqda.
Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti orqali xorijga yoʻl olgan fuqaro K.D. bojxonachilar eʼtiborini tortdi va unga tegishli boʻlgan yuklar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, K.D.ning yuklari orasida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 45 dona noyob soʻzanalar va 2 dona tarixiy liboslar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati

2.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing