Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Joʻnatmalardagi giyohvandlik vositasi fosh boʻldi
946
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Joʻnatmalardagi giyohvandlik vositasi fosh boʻldi

Xususan, pochta joʻnatmalari orqali zahri qotilning yurtimizga kirib kelish holatlariga chek qoʻyish, ularni oldini olish borasida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Bosh pochtamt” TIF bojxona postiga xorijdan yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Sh. nomiga kelgan pochta joʻnatmasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, pochta joʻnatmasidagi kogʻoz konvert ichida shaffof polietilen paketga qadoqlangan oq rangli kukunsimon moddalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza tekshiruvlariga koʻra, mazkur moddalar 99,63 gramm ogʻirlikdagi “1-fenil-2-propan, 4-metilmetkatinon va 4-fenil-2-pirrolidon” nomli sintetik turdagi giyohvandlik vositalari ekanligi maʼlum boʻldi.

Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaroning yashash manzili koʻzdan kechirilganida, bu yerda giyohvandlik vositasini tayyorlash va isteʼmol qilishda foydalanilgan polietilen va magnitli polietilen boʻlaklar, elektron tarozi, qaychi, magnit donalari, polietilen paketchalar, izolentalar, yelim idish, alyumin folga boʻlaklari, plastmass naychalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

31.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing