Bojxona organlari tomonidan ham tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, ularga amaliy yordam koʻrsatilishi borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.
Ayni shu maqsadda, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bojxona postlarida sayyor uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlarda boshqarma boshligʻi T.Saidov, boshqarma boshligʻi birinchi oʻrinbosari B.Muratov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.Jalilov va boshqarma tarkibiy tuzilma boshliqlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarini bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, ular tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksar qismiga atroflicha javoblar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar boʻyicha tegishli tartibda nazoratga olindi.
Bu kabi yuzma-yuz doʻstona muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlariga oʻz vaqtida yechim topishiga, qolaversa soha rivojiga munosib hissa qoʻshadi.
30.07.2021