Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Tadbirkorlar bilan uchrashuv samarali boʻldi
1292
Qonunchilik normalarini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga yetkazish, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur vazifalar ijrosidan kelib chiqib, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining “Avia yuklar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida TIF qatnashchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Тадбиркорлар билан учрашув самарали бўлди

Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining yaqinda qabul qilingan qaror bilan joriy qilinayotgan yuk tashuvchi transport vositalarini elektron plombalash tizimining ishga tushirilishi va uning afzalliklari xaqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan bir qator muammolar va ayrim qonun xujjatlarining talqini atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibidagi oʻzgarishlar, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali hujjatlarni olish hamda bojxona sohasida berilayotgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishi qizgʻin baxslarga sabab boʻldi.

Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish va oʻz xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan kompleks tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha toʻxtalib oʻtilib, bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan DBQning “11-08” “ishonch telefon” raqami va “Toshkent-Aero” IBKning Korrupsiyaga qarshi kurashish va oʻz xavfsizlik boʻlimlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtildi.

30.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing