Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasida ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasida bojxona xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida dam olish kunlari turli oromgoh, koʻngilochar maskanlarga tashriflar tashkil etib borilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar bojxona boshqarmasidagi boshlangʻich tashkiloti hamda Kadrlar boʻlimi tashabbusi bilan xizmat faoliyati va yoshlar siyosatini amalga oshirishda faol boʻlgan bir guruh yosh bojxonachilar Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Baxt” sport-sogʻlomlashtirish dam olish maskanida boʻlishdi.
Chimyon qishlogʻida bunyod etilgan ushbu dam olish maskanida yosh bojxonachilarimiz, maroqli dam olib, togʻ yon bagʻirlarida sayr qilib, sport bilan shugʻullanib, madaniy hordiq chiqarishdi.
Umid qilamizki, bu kabi tadbirlar soha xodimlarining nafaqat mazmunli hordiq chiqarishlariga, balki ularning oʻzaro hamjihatliklariga ham xizmat qiladi
15.07.2021