Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxonachilar 4 kg.dan ziyod “gashish” va “opiy”ni toʻxtatib qolishdi
1359
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati idoralari vakillari hamda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuvi oldi olindi.
Bojxonachilar 4 kg.dan ziyod “gashish” va “opiy”ni toʻxtatib qolishdi

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro F.B. boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻida 1 dona polietilen oʻram borligi aniqlandi.

Mazkur oʻram ochib koʻrilganida esa, uning ichidagi modda ekspertiza xulosasiga koʻra, sof ogʻirligi 1 kg. 17 gr.ni tashkil qiluvchi “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻldi.

Tezkor tadbirlar davomida shu kuni Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi yana bir shaxs B.B.ning xonadoni ham belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, yertoʻladagi avtomobil balloni shinasi ichiga 3 dona polietilen oʻramlar yashirib qoʻyilganligi fosh qilindi.

Mazkur oʻramlarning birida 1 kg. 25 gr. ogʻirlikdagi “gashish”, qolgan ikkita oʻramda esa 2 kg. 65 gr. ogʻirlikdagi “opiy” – jami 3 kg. 90 gr. ogʻirlikdagi giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

 

Shunday qilib, mazkur tadbir davomida ogʻirligi jami 4.1 kg.dan ziyod giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

12.05.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing