Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari “Ayritom” chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda olib kirish uchun oʻz hayotini xavfga qoʻygan shaxsni toʻxtatib qolishdi.
Mazkur postga piyoda ravishda kirib kelgan qoʻshni davlat fuqarosi M.A. inson tana aʼzolarini skanerlash qurilmasi koʻmagida koʻzdan kechirilganida, uning organizmida yot jismlar – kapsulalar mavjudligi aniqlandi.
Shundan soʻng Termiz shahridagi tibbiy muassasalardan birida shifokorlar koʻmagida ushbu shaxsning ichidan 47 dona skotchlangan oʻramlar chiqarib olindi.
Mazkur oʻramlar belgilangan tartibda ochib koʻrilganida esa, ularning ichiga 423, 42 gr. ogʻirlikdagi “opiy” hamda 17 dona oq rangli tabletkalar joylangani maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
11.05.2021