Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
2.2 mlrd. so'mlik qing'ir reja chippakka chiqdi
1300
Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yo'llar bilan olib kirishga hamda davlat byudjetiga tushishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarini qing'ir yo'llar bilan to'lamaslikka bo'lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o'z vaqtida bartaraf etilmoqda.
2.2 mlrd. so'mlik qing'ir reja chippakka chiqdi

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi hamda “Andijon” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona postiga viloyatda faoliyat ko'rsatuvchi mas'uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijiy mamlakatdan olib kelingan trikotaj matolar bojxona ko'rigidan o'tkazildi.
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlar bojxonachilarda shubha uyg'otdi. O'rganishlar natijasida esa bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasida “Trikotaj mato” deb ko'rsatilgan tovarlar aslida “sun'iy toladan bosilgan mato hamda sun'iy iplardan bosilgan mato” tovarlari ekanligi ma'lum bo'ldi.
O'tkazilgan bojxona ko'rigi natijasida qiymati 2 265 980 000 so'mni tashkil etgan mazkur “sun'iy tola hamda sun'iy iplardan bosilgan mato” tovarlari ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Yakuniy hisob-kitoblarga ko'ra, ushbu tovarlar uchun 50 mln. so'mdan ziyod qo'shimcha bojxona to'lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

17.04.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing