Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Mersedes Bens”dagi spirtni yashirin aylanmasi fosh bo'ldi
1601
Bojxona nazoratini chetlab o'tishga bo'lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
“Mersedes Bens”dagi spirtni yashirin aylanmasi fosh bo'ldi

Jumladan, Davlat bojxona qo'mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida spirt mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o'tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro Q.A boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli avtomashina tadbir ishtirokchilari va xolislar tomonidan ko'zdan kechirildi.
Ko'zdan kechirish davomida, avtomashinada fuqaro T.B ga tegishli bo'lgan ko'k rangli yelim idishlarda, sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo'lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 46,2 million so'mlik jami 1540 litr spirt borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

17.04.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing