Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʼmitasi "Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi huquqni muhofaza qilish organi" nominatsiyasida gʼoliblikni qoʼlga kiritdi
382
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasining anjumanlar zalida Oʼzbekistonning ijtimoiy va siyosiy hayotining barcha sohalarida ayol rahbarning ijobiy obrazini mustahkamlashga qaratilgan “Аyollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida kelajakda tenglikka erishish” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Ushbu tadbir Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), BMT Taraqqiyot dasturi va BMTning Аholishunoslik jamgʼarmasi bilan birgalikda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiya va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʼrtasida Hamkorlik toʼgʼrisidagi memorandum imzolandi.

Tomonlar xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy farovonligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash sohasidagi vazifalarni birgalikda hal etishga kelishib oldilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, tadqiqot natijalariga koʼra koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari xotin-qizlarga jiddiy taʼsir koʼrsatgan, chunki oila aʼzolariga qarash bilan bogʼliq haq toʼlanmaydigan ishlar keskin koʼpayishi, shuningdek maktablar, bolalar bogʼchalari yopilishi, daromadlar doimiy emasligi va oilaning boshqa aʼzolari kasalga chalinishi sababli ish hajmi sezilarli darajada ortgan.

Bundan tashqari, sogʼliqni saqlash va ijtimoiy xodimlarning aksariyati ayollar boʼlganligi sababli kasallik yuqtirish xavfi yuqori boʼlgan.

Shu munosabat bilan COVID-19 pandemiyasi davrida iqtisodiyotni tiklash, shuningdek, ayol rahbarlarning mavjud salohiyatidan foydalanish va mahalliy, mintaqaviy va milliy darajalarda COVID-19ning salbiy iqtisodiy oqibatlarini va koronavirusning yanada tarqalishi xavfini kamaytirish boʼyicha chora-tadbirlar samaradorligini taʼminlashga qaratilgan qarorlar qabul qilishda xotin-qizlarning ishtirokini taʼminlash boʼyicha davlat iqtisodiy dasturlari va siyosatiga gender masalalarni kiritish zarurati ortib bormoqda.

Tadbir doirasida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Mazkur tanlovda gender tenglik sohasida yuqori natijalarga erishgan, jamiyat taraqqiyoti uchun tashabbuslar bilan chiqayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilayotgan vazirlik, idora va NNT ishtirok etdi.

Ishchi guruh va tanlov komissiyasi aʼzolari 60 nafardan ziyod arizachidan tushgan hujjatlarni koʼrib chiqib, eng yaxshilarini tanlab oldilar.

Davlat bojxona qoʼmitasi "Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi huquqni muhofaza qilish organi" nominatsiyasida gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

Shuningdek, davra suhbatida gender tenglik va xotin-qizlar imkoniyatlariga oid videoroliklar taqdim etildi, tadbirkor ayollar va fermerlarning qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani koʼrib chiqildi, ularning tajribasi oʼrganildi va boshqa masalalar muhokama etildi.

3.03.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing