Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Gender tenglik faoli” nomli milliy tanlovni tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha ishchi guruh vakillari Davlat bojxona qoʼmitasida boʼlishdi
690
Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi hamda Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi hamkorligida mamlakatimizda gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish maqsadida “Gender tenglik faoli” nomli milliy tanlov boʼlib oʼtadi.

Ushbu tanlovda joriy yil yakunlari boʼyicha gender tenglikni taʼminlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, ushbu yoʼnalishda jamiyat rivoji uchun tashabbus koʼrsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, oʼz sohasiga tegishli yoʼnalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovni oʼtkazishdan koʼzlangan maqsad quyidagilardan iborat:

 - Har bir tashkilotlarda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish;
 - Tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarini joriy etish;
 - Mamlakatimizda gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish;
 - Gender tenglikni taʼminlash sohasida tashkilotlarning ilgʼor tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targʼib qilish;
 - Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash.
 - Koʼrik-tanlov talablari va qoidalari yuzasidan keng targʼibot-tushuntirish ishlarini olib borish, tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ularni hakamlar hayʼatiga yetkazish hamda tanlov ishtirokchilarining hujjatlari bilan tanishish va kamchiliklarni tuzatish haqida koʼrsatma berish maqsadida Tanlovni tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha ishchi guruh vakillari Davlat bojxona qoʼmitasida boʼlishdi.

Davlat bojxona organlari ushbu tanlovda “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi xuquqni muhofaza qilish organi” nominatsiyasida ishtirok etmoqda.

Darhaqiqat, soʼnggi yillarda jamiyatning turli sohalarida, ham milliy, ham mintaqaviy darajada ayollarning roli va mavqeida ijobiy oʼzgarishlar roʼy bermoqda. Hattoki mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunchiligida ham ayol va erkaklarning teng huquqliligi tamoyillari mustahkamlab qoʼyilgan.

Bu, Prezidentimizning joriy yil sentyabrida BMT Bosh Аssambleyasidagi nutqida ham oʼz ifodasini topib, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi oʼrnini kuchaytirish kerakligi alohida qayd etildi.

Soʼnggi 4 yil mobaynida xotin-qizlarni qoʼllab quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish borasida 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2019 yilning sentyabrь oyida Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonunlar qabul qilingani bu borada jiddiy qadam boʼldi.

Tanlov yakunlari boʼyicha ushbu nominatsiyada gender tenglikni targʼib qilish bilan bogʼliq tushuntirish ishlarini faol olib borayotgan, koʼplab hududlar va jamoalarni qamrab olgan, gender tengsizlikdan jabr koʼrgan shaxslarga oʼz vaqtida samarali yordam bergan, gender zoʼravonlikni sodir etgan huquqbuzarlarga oʼz vaqtida chora koʼrgan, huquqni muhofaza qilish organlarida faoliyat koʼrsatayotgan ayol xodimlarning huquqlarini kafolatlagan organlar gʼolib deb topiladi.

Uchrashuvdan soʼng mehmonlar Davlat bojxona qoʼmitasining bojxona tarixi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

11.01.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing