Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʼmitasining Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkilotlari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan ayollar ishtirokida videokonferentsiya oʼtkazildi
731
Davlat bojxona qoʼmitasining Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkilotlari tomonidan bojxona organlarida xizmat olib borayotgan ofitser ayollar va erkin yollangan ayol xodimlar uchun videokonferentsiya tarzidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʼzbekistonda Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʼrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmanova ishtirok etdi.

Tadbirni ochar ekan, Davlat bojxona qoʼmitasi rahbariyati yurtimizda gender tengligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligi haqida soʼz yuritdi. Jumladan, bojxona organlarida xizmat olib borayotgan ayollar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ularning oʼz iqtidor va salohiyatlarini toʼla namoyon qilishlarida muhim rolь oʼynayotganligini taʼkidladi.

Darhaqiqat, mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunchiligida ayol va erkaklarning teng huquqliligi tamoyillarini mustahkamlab qoʼyilgan. Soʼnggi yillarda jamiyatning turli sohalarida, ham milliy, ham mintaqaviy darajada ayollarning roli va mavqeida ijobiy oʼzgarishlar roʼy bermoqda.

Bu, Prezidentimizning joriy yil sentyabrida BMT Bosh Аssambleyasidagi nutqida ham oʼz ifodasini topib, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi oʼrnini kuchaytirish kerakligi alohida qayd etildi.

Soʼnggi 4 yil mobaynida xotin qizlarni qoʼllab quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish borasida 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2019 yilning sentyabrь oyida Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonunlar qabul qilingani bu borada jiddiy qadam boʼldi.

Tadbir davomida Davlat bojxona qoʼmitasi Xotin qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkilot faoliyati ham atroflicha muhokama qilindi. Tashkilot rahbari Umida Pirmuxamedova yigʼilganlarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborotlarni va kelgusi yil uchun rejalarni taqdim qildi.

Qayd etish lozimki, istiqbolda koʼzlanayotgan chora-tadbirlar tarkibida bojxonachi ayollar oʼrtasida sport va sogʼlom turmush tarzini targʼib etishga qaratilgan turli musobaqa va tanlovlar uyushtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Umid qilamizki, mazkur rejalar tizimda xizmat olib borayotgan 700 nafardan ortiq xotin-qizlarning manfaatlariga xizmat qiladi. Zotan, ayol rozi boʼlsa, jamiyat yashnagay!

16.12.2020

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing