Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Saidakbar Najimov
967

Saidakbar Najimov 1964-yil 12-iyulda Toshkent viloyati Zangiota tumanida xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1979-yil tumandagi 39-oʻrta maktabning 8-sinfini bitirib, 190-kasb-hunar bilim yurtida tahsil davom ettirgan. 1982-1984-yillar davomida muddatli harbiy hizmatni oʻtab qaytgach, bir qator korxonalarda mehnat qilgan.

1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida, soʻngra Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli bojxona postlarida xizmat qilgan.

1992-yil 25-avgust kuni Saidakbar Najimov xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan.

S.Najimov xalqi va Vatani oldidadgi sadoqatli xizmatlari uchun vafotidan soʻng “Jasorat” medali hamda 2017-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Oʻsha kuni Saidakbar Najimov tartibga koʻra bojxona postidan chiqib, aylanman yoʻllarni nazorat qilish uchun otlanadi. Biroq oradan ancha vaqt oʻtsa-da qaytavermagach, post xodimlari uni qidirishga tushadi. Afsuski, safdoshlari uning murdasi ustidan siqadi. Aniqlanishicha, toʻsatdan duch kelib qolgan kontrabanda bilan shugʻullanuvchi bir guruh jinoyatchilar S.Najimovga hujum uyushtirib, unga qarata bir necha marotaba oʻq uzgan...

Saidakbar Najimovning qisqa, lekin sermazmun hayot yoʻliga nazar tashlar ekansiz, uning harbiy boʻlishdek orzusi yoʻlida qanchalik mashqqat chekkanligiga guvoh boʻlasiz. U turli tashkilot va korxonalarda traktorchi, qorovul, mashinist, xoʻjalik ishchisi boʻlib faoliyat koʻrsatgan. Yoshligidan mehnat qilib ulgʻaygan S.Najimov oʻziga yuklatilgan har qanday vazifani sidqidildan bajarib, jamoa orasida hamisha obroʻ-eʼtibor qozongan.

Mahalladoshlari uning jamoatchilik ishlarida ham faol boʻlganini eslaydi. Hashar va toʻy-maʼrakalarda barchaning boshini qovushtirib, oʻzi namuna boʻlib xizmat qilganlarini taʼkidalashadi. “Ayniqsa, u katta osh damlab, non yopib hammani hayratga solardi”, deydi mahalla faollari. Bu hunarlar unga ota-bobosidan oʻtgan ekan.

Saidakbar Rajimov 1986-yil turmush qurgan. Bu oilada 3 nafar farzand dunyoga kelgan. Hozir toʻngʻich oʻgʻli Sahobiddin otasining sharafli kasbini davom ettirib, bojxona xizmati kapitani unvoniga erishgan.

Saidakbar Najimovning oilasi holidan hamkasblari, hokimiyat vakillari va mahalla faollari doimo xabar olib turadi. Uning yorqin xotirasi qalblarda mangu yashaydi. Vatan hech qachon oʻz fidoyi farzandlarini unutmaydi. Saidakbar Najimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida u xizmat qilgan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining 10-bojxona posti uning nomi bilan atalgan va uning hurmati sharafiga yodgorlik oʻrnatilgan.

1.12.2019

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing