Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudi tomonidan ayolning chin ko‘ngildan pushaymonligi va mahallaning kafilligi ostida ushbu qizaloqni tarbiyalashiga sharoit yaratish maqsadida Soliha Mirzayeva 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi bilan jazolandi.
Navoiy viloyati bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda shunga o‘xshash yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yishdi.
Fuqaro Bozorov (ism, familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqaro Sotvoldiyeva bilan jinoiy til biriktirib, uning 5 kunlik farzandini notanish shaxsga 4 600 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Мазкур ҳолат юзасидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 135-моддаси 3-қисми “а” бандидага кўра жиноят иши қўзғатилди.
Мазкур ҳолат юзасидан суриштирув ва тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Навоий вилояти
божхона бошқармаси
Ахборот хизмати
7.02.2018