“Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovining Navoiy viloyati bosqichi oʻtkazildi
“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni Davlat bojxona qoʻmitasi hamda uning tarkibiy tuzilmalarida keng va koʻtarinki ruhda nishonlash maqsadida eʼlon qilingan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovining Navoiy viloyati bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda ishtrok etgan ayol xodimlar jangovar shaylik, bilimdonlik hamda pazandachilikda oʻzaro bellashib oʻz mahoratlarini namoyon etishdi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvda “Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti katta inspektori Lola Halilova gʻolib deb topildi.