Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Nayrang ish bermadi
1168
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Nayrang ish bermadi

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro X.F. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida toʻxtagan vaqtida oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida 9000 qutida xorijda ishlab chiqarilgan turli nomdagi Oʻzbekiston aksiz markasi bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib mazkur xonadon xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, bu yerda 5990 qutida turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan, Oʻzbekiston aksiz markasi bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari, 900 dona “tropikamid” nomli, 950 ta kapsula “Selofen” nomli, 112 ta kapsulada “Lirika” nomli va 1232 dona kapsulada “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda xonadondagi transport vositasidan tamaki qutisi ichida 0,59 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi,
1 dona angishvonada “gashish” giyohvandlik vositasi qoldiqlari borligi aniqlandi.
Shunday qilib, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida 277 315 000 soʻmlik jami 14 990 qutida tamaki mahsulotlari shuningdek 196 192 000 soʻmlik “tropikamid”, “selofen”, “regapen” va “lirika” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanuvi oldi olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing