Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Davlat bojxona qoʻmitasi, Xorazm viloyati va Gurlan tumani hokimliklari, yana bir qator mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surilgan 5 muhim tashabbusdan biri yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishda Gurlan tumanidagi mazkur sport majmuasi ham kelgusida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu yerda bir vaqtning oʻzida futbol, voleybol, basketbol, ogʻir atletika, badminton, badiiy gimnastika, dzyudo, tennis kabi 14 ta sport turi boʻyicha 600 nafar yoshlar sport bilan shugʻullanish imkoniga ega boʻladilar.
31.07.2021