Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxonachilar qadimiy tangalarni olib chiqish rejasini fosh etishdi
971
Madaniy boyliklarni yurtimizdan yashirincha olib chiqishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona chegaralari orqali madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda yurtimiz hududidan olib chiqishga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi.

“Daut-ota” chegara bojxona posti orqali Oʻzbekiston Respublikasidan qoʻshni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro M.A boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, uy-xoʻjalik buyumlari orasidagi oyoq kiyimlari ichiga polietilen paketga oʻralgan holda yashirilgan, bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida aytilmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan XIX - XX asrlarda zarb etilgan hamda respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan jami 11 ta qadimiy tangalarni hech qanday hujjatlarsiz, yashirincha olib chiqishga urinish holati aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

28.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing