Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Endi olib kirilgan ortiqcha tovar uchun bojxona toʻlovini Internet orqali aniqlash va toʻlash mumkin!
714
Davlat bojxona qoʻmitasi “Jismoniy shaxslarning olib kirish normasidan ortiqcha tovarlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar asosida bojxona toʻlovlarini hisoblash (shu jumladan toʻlash)” boʻyicha interaktiv xizmat turini joriy etdi.

Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Ushbu interaktiv xizmat zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion usullarni qoʻllagan holda bojxona organlarining fiskal funksiyasi bojxona toʻlovlarining toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashga hissa qoʻshadi.

Interaktiv xizmat jismoniy shaxslarning olib kirish normasidan ortiqcha tovarlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar asosida bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqaradi hamda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlarini onlayn toʻlash imkonini beradi.

Interaktiv xizmatdan foydalanish uchun elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Bunda foydalanuvchi xizmatdan foydalanish uchun www.norma.customs.uz manziliga kirib, roʻyxatdan oʻtadi. Olingan login va parol bilan tizimga kiradi hamda oʻzi va tovarlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻldirib, bojxona organiga yuboradi.

Xizmat 24 soat davomida uzluksiz faoliyat koʻrsatadi. Xizmatdan foydalanish bepul!

Interaktiv xizmatdan unumli foydalanib, vaqtingizni va harajatlaringizni tejang!

6.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing