Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Diqqat, eʼlon!
1337
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq bugungi kunda faoliyat yuritayotgan chegara bojxona postlari hududidagi xizmat koʻrsatish uchun ajratish maqsadga muvofiq boʻlgan boʻsh bino va yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlar shakllantirildi.

Ushbu maʼlumotni quyida Exsel formatida yuklab olishingiz mumkin.

Maʼlumotni yuklab olish (Hajmi: 13 Kb)

Chegara-bojxona postlarida quyidagi xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari.
Ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni tashkil etish boʻyicha faoliyat.
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarning chakana savdosi.
Yoʻlovchilar uchun qoʻl aravachalarini ijaraga berish.
Yoʻlovchilar va ularning yuklarini oʻtkazish punkti ichida tashish xizmati.
Oʻtkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda taʼmirlash ishlari hamda ularni evakuatsiya qilish.
Hajmi katta boʻlmagan qoʻl yuklarini saqlab berish.
Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash).
Tarjimonlik xizmati.
Xizmat koʻrsatish (yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini toʻldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet) xonalari.
Taksi chaqirish xizmati.

25.05.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing