Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida “Е-TIR” loyihasi ishga tushirildi
1418
Davlatimiz tomonidan bojxona organlari ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq etish va sohani raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6005-sonli Farmoni bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish, “qogʻozsiz va elektron bojxona”ning mantiqiy davomi va rivojlanishi boʻlgan “raqamli bojxona”ni shakllantirishga munosib xizmat qilmoqda.

Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan 2020-2023-yillarda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh qilish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ijrosi doirasida bojxona protseduralarini raqamlashtirish boʻyicha rejali ishlar olib borilmoqda.

Konsepsiyada xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan qator tadbirlar belgilab olingan.

Shulardan biri, Oʻzbekiston Respublikasida TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi “E-TIR” loyihasini joriy etishni nazarda tutadi.

Shu munosabat bilan, joriy ilning 5-may kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida mazkur loyihaning dastlabki taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur “E-TIR” loyihasi esa qonuniylikni taʼminlash, davlat byujetiga bojxona toʻlovlarini toʻgʻri va toʻliq undirish, bojxona qonunbuzilishlariga chek qoʻyish kabi vazifalar bilan bir qatorda bojxona rasmiiylashtiruvini yengillashtirish orqali tashqi savdoni jadallashtirish imkonini beradi.

Ayni shu jihati bilan “E-TIR” loyihasi bojxonachilar, tashuvchilar va albatta tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining manfaatlariga birdek xizmat qiladi.

Elektron TIR loyihasi - xalqaro “E-TIR” tizimi 1975-yil Jenevada imzolangan “Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasi qoidalariga muvofiq milliy bojxona tizimlari oʻrtasida tovar va transport vositalari, konteynerlarning xalqaro tranziti uchun xavfsiz maʼlumotlar almashinuvini taʼminlashga xizmat qiladi.

Taʼkidlash joizki, “E-TIR” pilot loyihasi dastlabki bosqichda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida "Yallama” chegara bojxona postida ishga tushirildi. Davomini esa biz bugun Oʻzbekiston va Todjikiston chegarasidagi “Oybek” chegara bojxona postida koʻrishimiz mumkin.

Bir soʻz bilan aytganda, “E-TIR” tizimining joriy etilishi tashqi savdoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, mamlakatning eksport va tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, ishonchli va xavfsiz yoʻl transporti koridorlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

6.05.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing