Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi
1371
Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash borasida tizimli asosda ishlar amalga oshirilmoqda.
“Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi

Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Beruniy tumanida tezkor tadbir o'tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro B.G' shartli xaridorga oldindan kelishilgan 20 million so'm pul evaziga 100 ta konvalyutada jami 999 dona “TRAMADOL Lannaxer 50 mg.” nomli tarkibida giyohvandlik vositasi bo'lgan dori vositalarni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to'xtatib qolindi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

17.04.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing