Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.A. o'rnatilgan tartibda shaxsiy ko'rikdan o'tkazildi.
Natijada, uning egnidagi kiyimi cho'ntaklarida va sumkasi ichida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to'lovlarisiz olib kirish me'yoridan ortiqcha bo'lgan 325 gr. kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
17.04.2021