Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Gʼishtkoʼprik” chegara bojxona postida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ekspertlarining uchrashuvi boʼlib oʼtdi
814
Davlat bojxona qoʼmitasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Gʼishtkoʼprik” chegara bojxona postida xizmat qilayotgan ayollar bilan Oʼzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalasi boʼyicha komissiya tomonidan oʼtkazilayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ekspertlarining uchrashuvi tashkil etildi.

“Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi xuquqni muhofaza qilish organi” nominatsiyasida tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini taqdim etgan Oʼzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan faoliyatni oʼrganish maqsadida xayʼat ekspertlari Oliy Majlisi Senati senatori Boqiev Farxod Esanovich, Oʼzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi bosh maslahatchisi Shotursunova Nodira Nasirovna “Gʼishtkoʼprik” chegara bojxona postida tashrif buyurishdi.

Shuningdek, uchrashuvda Davlat bojxona xizmati organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi vakillari U.Pirmuxamedova, M.Аbduvohidov, Davlat bojxona xizmati organlaridagi Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkilotlarining qoʼmita va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi shahodatlangan ayolllarining vakilalari ishtirok etishdi.

Tadbirni ochar ekan, DBQ Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari R.Habibov respublikamizda ilk bora vazirlik va qoʼmitalar oʼrtasida oʼtkazilayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, tanlovda ishtirok etishdan asosiy maqsad nafaqat sovrindor boʼlish, balki bu borada tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni toʼgʼri yoʼlga qoʼyish va sarhisob qilishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlab oʼtdi.

Tadbirda, DBQning 2020 yil 29 iyundagi “Davlat bojxona xizmati organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʼiga asosida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining 2020 yil 2 iyuldagi tegishli buyrugʼi qabul qilinib, viloyat bojxona boshqarmasidada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi tasdiqlanganligi, shuningdek, boshqarmaning 2020 yil 11 noyabrdagi 150-son buyrugʼi bilan Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkilotining qayta tashkil etilganligi aytib oʼtilib, ularning faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Hozirgi kunda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida 69 nafar ayollar xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda ayollarimiz viloyat bojxona boshqarmasi apparati, chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida turli lavozimlarda samarali xizmat qilib kelmoqdalar.

Tadbir davomida soʼzga chiqqan Oliy Majlisi Senati senatori F.Boqiev, soʼnggi yillarda Senat tomonidan amalga oshirilgan hususan, ijtimoiy muhofaza qilish borasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi haqida toʼxtalib oʼtdi.

Shuningdek uchrashuvda, Oʼzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi bosh maslahatchisi N.Shotursunova tanlov jarayoniga oid bir qatori savollar bilan murojat qilib, amalga oshirilgan ishlar boʼyicha maʼlumotga ega boʼldi. Oʼz navbatida postda xizmat qilayotgan ayol xodimalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Shundan soʼng, uchrashuv ishtirokchilari “Gʼishtkoʼprik” chegara bojxona posti ish faoliyati bilan tanishib, post orqali harakatlanayotgan fuqarolar va xodimlarga, shu jumladan ayollarga yaratilgan shart-sharoitlar oʼrganildi.

12.02.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing