Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʼmitasida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ekspertlarining uchrashuvi tashkil etildi
824
Аvval xabar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi hamda Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi hamkorligida mamlakatimizda gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish maqsadida “Gender tenglik faoli” nomli milliy tanlov oʼtkazilmoqda.

Bugun Davlat bojxona qoʼmitasida Davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan ayollar bilan Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-kuvvatlash vazirligi va Gender tenglikni taʼminlash masalasi boʼyicha komissiya tomonidan hamkorlikda oʼtkazilayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ekspertlarining uchrashuvi tashkil etildi.

“Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilgan eng yaxshi xuquqni muhofaza qilish organi” nominatsiyasida tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini taqdim etgan Oʼzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan faoliyatni oʼrganish maqsadida xayʼat ekspertlari Oliy Majlisi Senati aʼzosi M.Kodirxanova, Oʼzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi bosh maslahatchisi N. Shotursunova, Oʼzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiyasi aʼzosi M. Shirinova va Mahalla va oilani qoʼllab-kuvvatlash vazirligi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari M. Maxmudovalar Davlat bojxona qoʼmitasiga tashrif buyurishdi.

Shuningdek uchrashuvda Davlat bojxona xizmati organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi vakillari, Davlat bojxona xizmati organlaridagi Xotin-qizlar masalalari boʼyicha boshlangʼich tashkilotlarining Qoʼmita, Toshkent shahar, Milliy kinologiya markazi va Bojxona institutidagi shaxodatlangan ayolllarining vakilalari ishtirok etishdi.

Tadbirni ochar ekan, DBQ Raisining birinchi oʼrinbosari v.v.b. I.Muxtorov tashrif buyurgan ekspertlarga, vazirlik va qoʼmitalar oʼrtasida oʼtkazilayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi tashkilotchilariga, alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʼlgan dolzarb yoʼnalishda tanlov tashkil etilganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Taʼkidlanganidek, Davlat bojxona qoʼmitasining 2020 yil 29 iyundagi “Davlat bojxona xizmati organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 115-son buyrugʼi bilan “Davlat bojxona xizmati organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi toʼgʼrisidagi Nizom” tasdiqlanib, unga asosan Maslahat Kengashi nizomi va Maslahat Kengashi tarkibi tasdiqlanib, maslahat kengashining faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Davlat bojxona qoʼmitasi 2020 yil 30 iyundagi yigʼilish bayoniga asosan esa, Davlat bojxona qoʼmitasi Markaziy apparatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat-kengashi tarkibi ham tasdiqlandi.

Hozirgi kunda tizimda 324 nafar ayollar xizmat qilmoqda. 18 nafar ayollar esa rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat koʼrsatmoqda.

Bugungi kunda ayollarimiz DBQ markaziy apparati, hududiy bojxona boshqarmalari apparati, chegara va TIF bojxona postlari, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazida turli lavozimlarda samarali xizmat qilib kelmoqdalar.

Hususan, bojxona organlarining asosiy yoʼnalishlari hisoblangan bojxona toʼlovlari, xavfni boshqarish, innovatsiya, bojxona ekspertizasi kabi boshqarmalarda, shuningdek surishtiruvchi, tezkor xodim, kinolog, dasturchi, qurilish muhandisi, buxgalter va shifokorlar shular jumlasidandir.

Tizimda amalga oshiralayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida bojxona ishiga boʼlgan qiziqish ortib bormoqda. Bunga yaqqol misol sifatida Bojxona institutiga oʼqishga qabul qilinayotgan qizlar sonini keltirish mumkin.

2017-2018 yillarda Bojxona instituti kursantlari safiga 32 nafar qizlar qabul qilingan boʼlsa, 2019-2020 yillarda 37 nafar qizlar qabul qilindi.

Tadbir davomida soʼzga chiqqan Oliy Majlisi Senati aʼzosi Malika Kodirxanova, soʼnggi 4 yil mobaynida xotin-qizlarni qoʼllab quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish borasida 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi haqida toʼxtalib oʼtdi. Jumladan, 2019 yilning sentyabrь oyida Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʼgʼrisida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonunlar qabul qilingani bu borada jiddiy qadam boʼlganligi alohida taʼkidlanib oʼtildi.

Shuningdek uchrashuvda, Bojxona instituti Xotin qizlar boshlangʼich tashkiloti raisi, falsafa fanlari doktori, bojxona xizmati podpolkovnigi Munavvar opa Karimjonova, Bojxona institutida gender tenglik masalalari yoʼnalishda amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar yuzasidan tayyorlangan taqdimotni ishtirokchilar eʼtiboriga xavola qildi. Bojxona instituti kursant qizlari tomonidan tayyorlangan sheʼriy chiqishlar va qoʼshiqlar esa tadbirga oʼzgacha ruh bagʼishladi.

Tadbir soʼngida ishtirokchilar eʼtiboriga Davlat bojxona qoʼmitasi mutassadilari tomonidan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi uchun tayyorlangan videroliklar taqdim qilindi.

2.02.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing