Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Xomashyo niqobida ostida 7,3 mlrd. so‘mlik tovarlarni olib kirishga uringanlar fosh qilindi
1693
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, respublika hududiga qalbakilashtirilgan mahsulotlar va tovarlarni noqonuniy olib kirishga chek qo‘yish maqsadida bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan yuk tashuvchilar chegarani kesib o‘tgan joyidagi bojxona organlariga o‘tkazilayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotni, shu jumladan ularning nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari shart.

 

Xomashyo niqobida ostida 7,3 mlrd. so‘mlik tovarlarni olib kirishga uringanlar fosh qilindi

 

Ayni shu talabdan kelib chiqib, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Respublika transport prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda “Kafolat Poyafzal Invest” ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga 2017 yilning noyabr oyida Xitoydan keltirilgan konteyner belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Yukka tegishli hujjatlarga ko‘ra, ushbu konteynerda qiymati 4,3 ming AQSH dollaridan ortiq salkam 17 tonna poliuretan qoplamali to‘qimachilik matolari bo‘lishi lozim edi.

IMG_1734.JPG

Bojxona ko‘rigi davomida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Ya’ni, konteynerda ushbu tovarlarning o‘rniga hujjatlarda umuman ko‘rsatilmagan 81 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, dori va kosmetika vositalari hamdaboshqa tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlandi.

Oradan salkam 1 oy o‘tmay, ushbu korxona nomiga yana Xitoydan keltirilgan 3 ta konteynerda ham shu taxlitdagi bojxona qoidabuzarliklari fosh qilindi. Qarang-ki, bu gal ustomonlar qadamni yana ham kattaroq olishgan. Avvalgi ssenariyni takrorlagan holda bu gal ham poliuretan qoplamali to‘qimachilik matolari niqobi ostida 38 turdagi xalq xo‘jaligi tovarlari, kiyim-kechaklar, maishiy texnika buyumlari va boshqa tovarlarni olib kirmoqchi bo‘lishgan ekan.

Baholash bo‘yicha ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, 4 ta konteynerdagi jami 119 turdagi tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati salkam 7 mlrd. 300 mln. so‘mni tashkil qildi.

IMG_1775.JPG

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, sud hukmiga binoan ushbu tovar-moddiy boyliklar davlat egaligiga o‘tkazildi.

Aybdor shaxsga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182 moddasi 2-qismi “a” bandi bilan tegishli jazo tayinlandi.

Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan bojxona qoidabuzarliklari yoki bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasining 120-76-71 - “Ishonch telefoni” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Ushbu holat yuzasidan tayyorlangan tezkor lavhani Telegramdagi rasmiy axborot kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. https://t.me/customschannel

Toshkent shahar

bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

2.03.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing