Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Kdirov Amangeldi Shamuratovich
937

Kdirov Amangeldi Shamuratovich 1966-yil 6-iyulda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qungʻirot tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1991-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2001-yili Toshkent Davlat iqtisodiyet universiteti sirtqi boʻlimini tamomlagan.

U oʻzining mustaqil mehnat faoliyatini 1983-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qungʻirot tumani “Qoʻngʻirot” jamoa xoʻjaligida ishchi lavozimida boshlagan. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlaridagi xizmat faoliyatini 1997-yil fevral oyida Davlat soliq koʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona xizmatining 5-sonli “Davut-ota” bojxona posti inspektori lavozimidan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasining boʻlim va bojxona postlarida inspektor, tezkor vakil, katta tezkor vakil, tezkor boʻlinma boshligʻi, post boshligʻi lavozimlarida xizmat qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini saqlashda va kontrabandaga qarshi kurashishda oʻzining katta hissasini koʻshdi.

Bojxona xizmati mayori Kdыrov Amangeldi Shamuratovich bojxona organlaridagi xizmat faoliyati davomida haqiqiy bojxonachi qanday boʻlishi kerak ekanligini koʻrsata olgan fidoiy xodim edi. U kundalik xizmat faoliyati davomida qonunchilik va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilgan holda ish olib borib, oʻziga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli vijdonan bajarardi. Oʻzining tezkorligi, tezkor maʼlumotlar bilan ishlay olishi natijasida bojxona qoidabuzarliklarga qarshi kurashishda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi.

A.Kdirov bojxona organlaridagi xizmati davomida milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni mustahkamlash borasida xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgani uchun 2003-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

2006-yil 25-sentyabrda A.Qdirovga Qoraqalpogʻistonning eng muhim bojxona postlaridan biri - “Shumanay” postini boshqarish vazifasi ishonib topshirildi, chunki Amangeldi Kdirov bu joylarni juda yaxshi bilar edi. Vatanini chin yurakdan sevadigan, uning uchun hatto jonini ham ayamaydigan Amangeldi Kdыrovni shonli tariximizda kimsasiz sahroda yovlarga qarshi kurashda mardlik namunasini koʻrsatgan Shiroqqa qiyoslash mumkin.

2006-yilning 19-noyabr kuni Qoraqalpogʻistonnnig bepoyon Ustyurt hududiga tadbirga chiqqan A.Qdыrov aylanma yoʻllar orqali kontrabanda tovarlarini yurtimizga olib kirmoqchi boʻlgan jinoyatchilarni qoʻlga olish maqsadida oʻzining bor kuch-gʻayratini ayamadi. Garchi jinoyatchilar oʻz maqsadiga yetolmagan boʻlsada, Amangeldi Kdыrovni kimsasiz sahroda halok boʻlishiga sababchi boʻldi.

A.Kdirov 2006-yil 19-noyabr kuni Ustyurt tekisligida kontrabanda ashyolari va tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy ravishda olib oʻtilishinng oldini olish boʻyicha olib borilgan tezkor tadbir davomida xizmat burchini bajarish chogʻida vafot etdi.

Amangeldi Kdirov qobiliyatli, mehnatsevar, halol va intizomli inson edi.

Mehnat faoliyati davomida u ustoz sifatida bir qancha yoshlarni tajribali bojxona xodimi etib tarbiyaladi.

“Ot izini toy bosar” deydi dono xalqimiz. Bu kasbga yoshligidan qiziqqan Amangeldi Kdыrovning farzandi Ulugʻbek Shamuratov ota kasbini egallab, hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl chegara bojxona postida inspektor lavozimida xizmat qilyapti.

Ona Vataniga koʻrsatgan jasoratini kelajak avlodga yetkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi oldidagi monumentda Amangeldi Kdыrovning ismi oʻyib yozilgan.

Oʻz yurtiga, Vataniga sodiq va fidoiy xizmat qilgan, xalqining tinchlik totuvlikda umr surishi uchun jonini fido qilgan buyuk inson — Amangeldi Kdirovning xotirasi mangu yashab qoladi.

5.03.2020

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing