Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash
2644

Xizmat nomi: Tovarlarni elektron deklaratsiyalash

Xizmat haqida Bojxona postida rasmiylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyalarini (BYUD) yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar (BQT) kiritish shakllarini Yagona portal orqali ERI bilan tasdiqlagan holda elektron taqdim etish

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan xujjatlar: - Maxsus dastur “ye-BYUD1.5” (qo’llanma) yordamida yaratilgan XML formatdagi BYUD yoki BQT shakli;

- Ilova qilanadigan hujjatlar to’plami;*(Izoh: Hujjatlar bojxona rejimi va tovar turiga v.b. muvofiq taqdim yetiladi. Bojxona rasmiylashtirishi uchun zarur bo’lgan hujjatlarning umumiy ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son qarorining 2-ilovasida ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlar hamda ularni taqdim etuvchi vakolatli organlarning ro’yxati keltirilgan)

Xizmat ko’rsatishning huquqiy asosi: - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida” 2012-yil 18-iyuldagi 4455-son farmoni;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi to’g’risida” 2012-yil 29-dekabrdagi 370-son qarori

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son qarori

Xizmatni ko’rsatishg narhi: Bepul

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi: Bojxona rasmiylashti-ruvi bo’yicha mutaxassis- ning malaka attestatiga ega yuridik shaxslar

Xizmat ko’rsatish muddati: 3 ish kunida

Bog’lanish: 120-76-00 (28-59, 28-38)

Siz ushbu interaktiv xizmatdan foydalanishingiz uchun elektron raqamli imzoga ega bo’lishingiz lozim. Agar Sizda elektron raqamli imzo bo’lsa, unda ushbu havolaga o’ting!

“ELЕKTRON DЕKLARATSIYALASH” TIZIMGA O’TISH

Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish haqida ma’lumot

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi va tadbirkorlarga keng qulayliklar yaratilishiga katta e’tibor berilmoqda. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada takomillashtirish va shaffoflashtirishga erishishda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va interaktiv xizmatlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Ayniqsa, tadbirkorlarning bojxona organiga bormasdan turib bojxona sohasiga dahldor masalalarni Internet tarmog’i orqali hal qilishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4455-sonli Farmonining 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan 2013-yil 1-yanvardan boshlab “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” protsedurasi Internet tarmog’i orqali interaktiv xizmat sifatida taqdim etila boshlandi.

Bojxona rasmiylashtiruvi protsedurasini elektron shaklda joriy etish tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Eng avvalo, “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” protsedurasi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida inson omilini keskin kamaytirish hamda bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Tovarlarni elektron shaklda rasmiylashtirish jarayoni tadbirkorga o’z idorasidan chiqmasdan turib, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu esa albatta tadbirkorning vaqtini tejab, moliyaviy xarajatlarining ham qisqarishiga olib keladi.

Avvalo, bu usul texnologik jarayoni eksport-import operatsiyalari bilan bog’liq bo’lgan, uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan yirik korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, rasmiylashtiruvning zamonaviy bu shakli uni yanada tezlashtirishga hissa qo’shadi.

Qolaversa, bojxonachilar uchun sohada keng qo’layliklar tug’diradi. Jumladan, ish vaqti va qog’oz sarfini tejashga hissa qo’shadi. Ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini yanada yengilashtiradi.

Muhim jihatlardan yana biri shundaki, elektron deklaratsiyalashning joriy etilishi tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish, ular tomonidan bojxona qoidalarining buzilishining oldini olish imkonini ham bermoqda. Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish natijasida tadbirkorlik subyektlarining mablag’lari va vaqti tejalishiga erishilmoqda.

Tovarlarni elektron shaklda bojxonada rasmiylashtirish tartibi

Tovarlarni elektron shaklda bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazishda bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis davlat bojxona xizmati organlariga tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvida tanlangan bojxona rejimi bo’yicha qonunchilikda belgilangan ro’yxat asosida zarur bo’lgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi.

Ushbu jarayonlar ikki bosqichda amalga oshirilib, dastlabki bosqichda vakolatli organlar tomonidan amaldagi qonunchilikka ko’ra va belgilangan muddatda ruxsat beruvchi hujjatlar beriladi va ular EDAATga kiritiladi. Nizomda ruxsat beruvchi hujjatlar hamda ularni berish va kiritish uchun vakolatli idoralar ro’yxati ilova qilingan.

Keyingi bosqichda esa tayyorlangan bojxona yuk deklaratsiyasi va unga tegishli bo’lgan barcha hujjatlarning elektron shakllari bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisningelektron raqamli imzosi bilan internetdagi EDAAT orqali bojxona organlariga yuboriladi. Agarda, BYUDga tegishli boshqa hujjatlarning elektron shakllari mavjud bo’lmasa, ularning skaner qilingan nusxasini taqdim etish mumkin. Shu o’rinda qayd etish joizki, elektron deklaratsiyalarni saqlash muddati bojxona yuk deklaratsiyasining bosma shaklini saqlash muddatiga muvofiq kelishi zarur.

Bojxona organi xodimi tomonidan bir ish kuni davomida elektron deklaratsiya to’g’ri to’ldirilganligi ko’zdan kechiriladi va hujjatlarning Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan belgilangan formatlarga mosligi tekshiriladi.

Tovarlarni bojxona ko’rigidan o’tkazish haqida qaror qabul qilgan bojxona xodimi uch soat davomida uni o’tkazish vaqti va joyi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, kamchiliklar aniqlangan holatlarda ularni bartaraf etish uchun xatoliklar ro’yxatini o’z ichiga olgan elektron xabar yuboriladi. Elektron deklaratsiyada ko’rsatilgan ma’lumotlar bojxona ko’rigi natijalariga mos kelganida, rasmiylashtirish jarayonlari o’rnatilgan tartibda yakuniga yetkaziladi. Ya’ni, elektron deklaratsiya ma’lumotlar bazasida ro’yxat raqami berilib, qayd qilinadi va shu vaqtdan boshlab u yuridik ahamiyatga ega hujjatga aylanadi.

Agarda bojxona ko’rigi natijasida qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, bojxona organi qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda tegishli choralarni ko’radi.

Siz ushbu interaktiv xizmatdan foydalanishingiz uchun elektron raqamli imzoga ega bo’lishingiz lozim. Agar Sizda elektron raqamli imzo bo’lsa, unda ushbu havolaga o’ting!

“ELЕKTRON DЕKLARATSIYALASH” TIZIMGA O’TISH

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yanada qulaylik yaratish, shuningdek bojxona organlari tomonidan ko’rsatilayotgan elektron xizmatlarni yagona manzildan turib, taqdim etish maqsadida endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham “Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim qilish” xizmati joriy qilindi.

Portal orqali ariza shakli to’ldiriladi hamda unga “ye-BYUD” dasturi orqali avvalda tayyorlangan Bojxona yuk deklaratsiyasining elektron shakli ilova qilingan holda yuboriladi. Ilova qilingan deklaratsiya Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi shart.

  • Maxsus dastur yordamida yaratilgan XML formatdagi ByuD yoki BQT shaklini ko’chirib olish

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim qilish” xizmati.

31.08.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing