Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Ko'p beriladigan savollar

Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb sayti “Elektron xizmatlar” ruknida “Tadbirkorning shaxsiy kabineti” (http://ed1.customs.uz/PersonCabinet) orqali olish mumkin.

Bojxona kodeksining 329, 330, 331-moddalariga muvofiq bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda berilishi mumkin.

Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun toʻlovchi bojxona organiga bojxona toʻlovlari summalarini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan arizani va jxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash toʻlovchining tanloviga koʻra istalgan – pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish, tovarlarni garovga qoʻyish, bank kafolatini taqdim etish, bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash yoki kafillik orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 300-moddasiga muvofiq tartibga solinib, tarif preferensiyalari bojxona bojlarini toʻlashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferensial olib kirish yoki ushbu hududdan preferensial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo rejimi belgilangan davlatlar roʻyxati Adliya vazirligidan 2020-yil 30-iyunda 3267-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ular quyidagilar:

Belarus Respublikasi
Gruziya Respublikasi
Qozogʻiston Respublikasi
Qirgʻiziston Respublikasi
Moldova Respublikasi
Rossiya Federatsiyasi
Turkmaniston*
Ukraina
Tojikiston Respublikasi
Ozarbayjon Respublikasi
Armaniston.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 300-moddasida, Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma ishtirokchilari boʻlgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan boʻlsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi boʻlgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilgan boʻlsa, bojxona bojlari qoʻllanilmaydi.

- Turkmaniston bilan ikki tomonlama bitimlarga muvofiq oʻzaro kelishilgan roʻyxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan import bojxona bojlari qoʻllanilmasligi belgilangan boʻlib, mazkur roʻyxat hozirgi kunga qadar tasdiqlanmagan

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi PQ-3762-son qarori bilan tasdiqlangan “1996-yil 10-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi erkin savdo toʻgʻrisidagi bitimning erkin savdo rejimidan istisno toʻgʻrisida”gi Bayonnoma bilan erkin savdo rejimini istisno etuvchi tovarlar roʻyxati tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan eng koʻp qulaylik berish rejimini belgilangan davlatlar (roʻyxat raqami 3267, 30.06.2020y.) soni 47 ta boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qatʼi nazar boj tarifi bilan belgilangan stavkalar (bir barovar) miqdoridagi bojxona bojlari qoʻllaniladi.

Bojxona kodeksi 363-moddasida, tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi.

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing